Vazirlar Mahkamasining “Qorakölçilik bilan şuğullanadigan sub'yektlar tomonidan yetiştirilgan qöy terisi, qoraköl terisi va junni xarid qiliş, saqlaş hamda qayta işlaş taşkilotlariga yetkazib beriş tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda ta'kidlanişiça, quyidagilar qorakölçilik mahsulotlarini işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş, ularni xarid qiliş, saqlaş va qayta işlaş korxonalariga yetkazib berişga özining salbiy ta'sirini körsatmoqda:

birinçidan, qorakölçilik bilan şuğullanadigan sub'yektlarni aksariyati uzoq çöl hududlarida joylaşganligi va uning öziga xos xususiyatlarining inobatga olinmaganligi;

ikkinçidan, asosiy ozuqa bazasi tabiiy yaylovlar bölib, yaylovlar hosildorligi bevosita yilning kelişiga va yoğingarçilikning miqdoriga boğliqligi;

uçinçidan, tabiat injiqliklari, yoğingarçiliklar kam bölgan va qiş davrida sovuq ob-havoning uzoq davom etişi natijasida çorva mollarini nobud bölişini oldini oliş maqsadida uzoq çöl hududlarida joylaşgan qorakölçilikka ixtisoslaşgan sub'yektlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularga omixta yem, arpa doni, paxta şroti, paxta şeluxasi va boşqa zaruriy resurslarni yetkazib beriş tizimining yöqligi;

törtinçidan, asosiy podadan yaroqsizga çiqarilgan qari ona (sovliq) qöylarni göşt uçun boqiş va eksportbop qoraköl teri yetiştiriş tizimining joriy etilmaganligi;

beşinçidan, yetiştirilgan qorakölçilik mahsulotlarini qayta işlaş korxonalariga yetkazib beriş işlarining öz holiga taşlab qöyilganligi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi va Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasining qorakölçilik bilan şuğullanadigan sub'yektlar tomonidan yetiştirilgan qöy terisi, qoraköl terisi va junni hududiy “Qoraköl” uyuşmalarining “Qorakölçilik” markazlari tomonidan qoraköl terisi va junni xarid qiliş, saqlaş hamda qayta işlaş taşkilotlariga şartnoma asosida yetkazib beriş tizimini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Qorakölçilik bilan şuğullanadigan sub'yektlar tomonidan yetiştirilgan qöy terisi, qoraköl terisi va junni xarid qiliş, şuningdek, ularga ozuqa maqsadlari uçun omixta yem, arpa doni, paxta şroti va şeluxasini sotiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari hokimliklari Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi bilan birgalikda: naslçilik qorakölçilik maqomiga ega bölgan jamiyatlarda kelgusida nasl oliş uçun foydalanilmaydigan qari ona (sovliq) qöylarni markazlaştirilgan holda göşt uçun boqiş hamda eksportbop qoraköl teri va sifatli göşt yetiştirişni taşkil etilişini;