Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Şavkat Mirziyoyevga Alişer Navoiyning tojik tiliga tarjima qilingan asarlari töplangan «Çaşmai xirad» kitobini sovğa qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Xalqimizda bir gap bor: bitta yaxşi kitob istalgan boylikdan yaxşiroq. Şuning uçun sizga tojik va özbek adabiyoti klassiklari, şuningdek, zamonaviy yozuvçi va şoirlarning adabiy durdonalarini sovğa qilmoqçiman», - deya aytib ötdi Rahmon Toşkentdagi muzokaralar yakuni böyiça.

Ular orasida «Gulboği oshnoӣ», «Rudakӣ», «Armuğoni dӯstӣ» töplamlari, şuningdek Alişer Navoiy asarlari töplangan «Çaşmai xirad» bor.

Tojikiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, uni Tojikistonga özi uçun qulay vaqtda taşrif buyurişga taklif qildi.

Toşkentdagi muzokaralar yakunida sanoat, standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş, çegaradan ötiş, ta'lim töğrisidagi hujjatlarni tan oliş, geodeziya va geologiya, qişloq xöjaligi, madaniyat hamda boşqa sohalardagi hamkorlik töğrisida 27ta hujjat imzolandi. Xususan, Surxondaryo va Xatlon, Samarqand va Söğd viloyatlarining savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorligi töğrisidagi kelişuvlarga erişildi.

Davlat rahbarlari muzokaralar va imzolangan bitimlardan mamnunligini ta'kidladilar hamda ularning eng asosiysi Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma ekanligini qayd etdilar.