“Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasi odatiy rejimda öz işini davom ettirmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiriga “Özbekiston havo yöllari” MAK xabar berişdi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti “Toşkent şahrida investitsiya muhitini yaxşilaş böyiça eksperimentni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan “Özbekiston havo yöllari” MAK “Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasining Toşkent şahar, Sergeli tumani, Rayhon köçasida joylaşgan binolari, inşootlari va boşqa infratuzilmasini ularga tutaş 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinçalik topşirilayotgan obektlar negizida “Industrial park” kiçik sanoat zonasini taşkil etiş şarti bilan qabul qiliş va topşiriş dalolatnomalari asosida Toşkent şahar hokimligiga beğaraz berildi.
 
“Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasi Toşkent xalqaro aeroportiga ötadi. Yopiliş haqida gap bölmagan. Kompaniya işini davom ettirmoqda”, - deya xabar berişdi Kun.uz muxbiriga milliy aviakompaniyadan.
 
“Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasi mustaqil tarkibiy bölinma sifatida 1997 yil taşkillaştirilgan. AN-2 samolyotlarining yölovçi, transport va qişloq xöjalik variantlaridagi parkiga egalik qiladi. Samolyot parklari Nukus, Urganç aeroportlari va “Sergeli” aerodromida joylaşgan. AN-2 samolyotlaridan respublika qişloq xöjaligida don ekinlarini oziqlantiriş böyiça, qişloq xöjalik zararkunandalari va çigirtka bilan kuraşiş, şuningdek paxtani defoliatsiya qilişda aviakimyo işlarini ötkaziş uçun foydalaniladi. Har yili havodan turib 150 ming gektargaça işlov beriladi. AN-2 samolyotlaridan boşqa maqsadlarda ham foydalaniladi. 15 yildan ortiq yangi texnologiyalardan foydalangan holda turli xil vazirliklar va mahkamalarning buyurtmalari böyiça aerofotos'yomka parvozlari amalga oşiriladi.