Özbekiston va Tojikiston ikkita GESni birgalikda qurmoqçi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar yakunlari böyiça matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Özbekiston rahbarining ta'kidlaşiça, Zarafşon daryosining Tojikiston hududidagi qismida 320 megavattdan ortiq quvvatga ega bölgan gidro elektr stansiyalar qurilişi rejalaştirilmoqda.

Bu obektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilişi mumkin.

Tojikiston prezidenti Özbekiston prezidentiga bu borada xalqaro taşkilotlar auditidan ötgan tayyor loyihalar mavjudligi haqida ma'lumot bergan.

Prezidentning ta'kidlaşiça, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi hukumatlararo komissiya uşbu masalani körib çiqadi.

Emomali Rahmonning qayd etişiça, Özbekiston va Tojikiston uşbu stansiyalarda işlab çiqarilgan elektr energiyasini öz iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun işlatadi.

Şuningdek, Özbekiston Tojikistonning Sarez köli içimlik suvidan birgalikda foydalanişi mumkin.

«Men köp minbarlarda, xalqaro davralarda, xususan BMTda ham köp bor ta'kidlaganman: «Biz heç qaçon qöşnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz». Aksinça, bugungi muzokaralar davomida qöşnilarimizni içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida 17 km³ hajmdagi Sarez kölining suvlaridan hamkorlikda foydalaniş masalasini körib çiqiş böyiça topşiriqlar berdim», deya qöşni davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» manbasi.