Özbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarida yangi — 2018/19 öquv yili 5 sentabr, çorşanbadan boşlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov özining Feysbukdagi sahifasida e'lon qildi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navröz va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam oliş kunlari belgilangan edi.

Mustaqillik bayrami — 1 sentabr arafasida dam oliş quyidagiça böladi:

Haftada 5 kun işlovçilarga (ketma-ket 5 kun dam oliş):

31 avgust, juma – qöşimça dam oliş kuni;

1 sentabr, şanba – Mustaqillik bayrami;

2 sentabr, yakşanba – dam oliş kuni;

3 sentabr, duşanba – köçirilgan dam oliş kuni;

4 sentabr, seşanba – köçirilgan dam oliş kuni.

Izoh: 8 va 15 sentabr – şanba kunlari haftasiga 5 kun işlovçilar uçun rasman iş kuni böladi.

Haftada 6 kun işlovçilarga (ketma-ket 3 kun dam oliş):

31 avgust, juma – qöşimça dam oliş kuni;

1 sentabr, şanba – Mustaqillik bayrami;

2 sentabr, yakşanba – dam oliş kuni;

3 sentabr, duşanba – iş kuni;

4 sentabr, seşanba – iş kuni.