AQŞ Mudofaa vazirligining Istiqbolli tadqiqot loyihalari boşqarmasi (DARPA) buzib kirişdan yaxşi himoyalangan, yangi anonim mobil messenjerni işlab çiqiş uçun tender e'lon qildi. Bu haqda RT tender hujjatlariga asosan xabar berdi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, DARPA ilova işlab çiqiş uçun 44 million dollar ajratgan. Kutilişiça, messenjer ustidagi işlar 2019 yil martidan boşlanadi va 2023 yilgaça davom etadi.

Ta'kidlanişiça, yangi işlanmaga «Barça uçun işonçli anonim aloqa» (Resilient Anonymous Communication for Everyone, RACE) nomi berildi. Messenjer kriptografik texnologiyalardan foydalangan holda himoyalanadi, uni işlab çiqiş vaqtida buzib kirişlarga bardoşlilik darajasi ham sinovdan ötkaziladi. Ilova içidagi suhbatdoşlarning xabarlari şifrlangan böladi. Messenjer bir xil tarmoq içida işlaşi kerak, bunda uning yopiq bölişi va internetga ulanmagani heç qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Trampning samolyotlariga 34 mln dollardan ziyod mablağ sarflagandi.