Krasnoyarsklik tadbirkor Özbekistonga yoğoç kontrabandasini amalga oşirganlikda gumonlanmoqda.

Federal bojxona xizmatiga köra, Rossiyaning 27 yoşli fuqarosi, Krasnoyarskdagi mas'uliyati çeklangan jamiyat direktori Özbekistonga taxta-yoğoçlarning noqonuniy eksportini taşkillaştirgan.

Caption

Jinoiy harakatlar natijasida 2017 yil yanvar-iyul oylari mobaynida Özbekistonga 3,4 ming kubometr yoğoç-taxta mahsuloti noqonuniy ravişda olib çiqib ketilgan. Ularning umumiy qiymati 22 million rubl (320 ming AQŞ dollaridan ortiq)ni taşkil etadi.

Çegarani kesib ötişda u soxta hujjatlarni taqdim etgan.

Uşbu şaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismi böyiça (strategik ahamiyatga ega resurslar kontrabandasi) uçta jinoiy iş qözğatildi.

U yetti yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.