«Kalaşnikov» konserni jahonning yetakçi işlab çiqaruvçilari elektromobillari bilan raqobatlaşuvçi CV-1 kontsept-karini namoyiş etdi. CV-1 «IJ-21252» kuzovi asosiga qurilgan bölib, murakkab texnologiyalarni «sinovdan ötkaziş uçun stend» vazifasini bajaradi.
«Kalaşnikov» vakili Sofiya Ivanova konsernning elektrokar işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalar, jumladan Tesla bilan raqobatlaşiş rejasi borligini tasdiqladi. Kompaniya CV-1 elektromobilining işlab çiqariliş muddati va ehtimoliy narxini ma'lum qilmadi.
Kontsept-kar 90 kilovatt-soatlik batareya bilan jihozlangan. Elektromobilning quvvati 500 kilovattga yetişi mumkin, u 350 kilometr masofani bosib ötişga yetadi. 2018 yilda işlab çiqarilgan Tesla Model 3 bir marta quvvat olib 500 kilometr yöl bosişi mumkin va uning akkumulyatori quvvati 85 kilovatt-soatni taşkil etadi.
Kompaniyadagilar «Kalaşnikov» elektromobili Tesla va boşqa kompaniyalar mahsulotlaridan nimasi bilan ustun bölişi haqida ma'lumot bermadi.

















