Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi delegatsiya Fransiyada Parij Akademiyasi rektori, Il-de-Frans Akademik mintaqasi vaziri J.Peko bilan uçraşdi. KUN.UZ hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Muzokaralar davomida örta, örta maxsus va professional ta'lim yönalişidagi hamkorlik, Özbekistonda Fransiya oliy ta'lim muassasalari filialini oçiş, şuningdek şartnoma-huquqiy bazasini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakat ta'lim vazirliklari örtasida hamkorlikka doir yangi bitim va dasturlar imzolanişiga kelişildi.

J.Peko Özbekiston ta'lim tizimidagi muvaffaqiyatli islohotlarni diqqat bilan kuzatayotganini alohida ta'kidlab, mamlakat rahbariyatiga fransuz tili va madaniyati tarğiboti masalasiga bölgan yuqori e'tibor uçun minnatdorçilik bildirdi.

Muzokaralar yakunlariga köra, Toşkent şahrida Fransiya universitetlaridan birining filialini oçiş, Özbekistonda ikki mamlakat Oliygohlar rektorlarining birinçi sammitini ötkaziş, qöşma fakultet va kafedralarni ta'sis etiş, şuningdek pedagog va talabalar almaşuvi borasida kelişuvga erişildi.

Eng avvalo turizm va qişloq xöjaligi sohalaridagi özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlarini rivojlantiriş maqsadlarida tomonlar yaqin orada Parij Akademiyasi va Özbekiston oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi örtasida 2019-2021 yillar uçun maqsadli Hamkorlik dasturini imzolaşga tayyor ekanliklarini bildirişdi.

Akademiya vakili şuningdek Özbekiston Madaniyat vazirligi qoşida Frantsuz madaniyat markazi faoliyatini yölga qöyişda iştirok etiş istagini bildirdi.

Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida 2018 yilning sentabrida Özbekiston delegatsiyasining Fransiyaga taşrifi rejalaştirilmoqda. Uşbu taşrif davomida fransuz oşxonasi va mehmonxona-restoran biznesining maxsus taqdimoti taşkil qilinadi.