Harbiy kafedra uşbu öquv yilidan öz faoliyatini boşlaydi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida harbiy kafedra taşkil etiş töğrisida»gi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Hujjat loyihasiga köra, Mudofaa vazirligi va Davlat soliq qömitasiga Soliq akademiyasining harbiy kafedrasini kafedraga tegişli mol-mulk bilan Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti balansiga belgilangan tartibda topşiriş vazifasi yuklanmoqda.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining harbiy kafedrasida tayyorgarlik 2018/2019 öquv yilidan boşlab, Soliq akademiyasi harbiy kafedrasida ta'lim uçun tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan talabalar örtasida boşlanadi. Keyinçalik Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining tegişli ta'lim yönalişidagi talabalar qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, hujjat muhokamada bosqiçida turibdi. Unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.

















