Light | 12:55 / 29.08.2018
13208
3 daqiqa o‘qiladi

Bari yomon: miyamizda qo‘rqinchli tasvirlar chizishga qanday chek qo‘yish mumkin?

Tunda karavotda yotib, uyquni topolmaysiz. Miyangizda hodisalarning yomon ssenariysi aylanaveradi. Shu sabab sizni muvaffaqiyatsizlik kutmoqda, deya qo‘rquvni his qilasiz va tobora rivojlantirasiz. Tanish holatmi? U holda bu vaziyatga chek qo‘yish usullari haqida gapiramiz.

Foto: Unsplash

Hech kim meni yoqtirmaydi

Dunyoga yondashuvingizni qayta ko‘ring va hamma sizga qarshi degan fikr haqida o‘ylashni bas qiling. Tasavvur qiling, ichingizda bu qo‘rquvlarni sizga uqtirayotgan ovoz bor. Uni «ezg‘ilang» va dunyoga o‘zgacha nazar bilan boqing. Nima uchun sizni yomon ko‘rishlari kerak? Balki siz o‘zingiz shunday qaror qabul qilgandirsiz. Do‘stlar va yaqinlaringiz bor, vaqtingizni ular bilan birga o‘tkazing!

Eng yomon ssenariy

Miyangizda bo‘lajak hodisalarning qo‘rqinchli tasvirlarini chizmang. O‘zingizni mag‘lubiyatga «sozlamang». Oxir-oqibat bu fikrlar sabab nima o‘zgaradi? Ular vaziyatni yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartirmaydi, biroq sizni asabiy va ikkilanadigan odamga aylantiradi. Maqsadlaringizga qanday erishish haqida o‘ylang.

Foto: Unsplash

Hozirgi lahza bilan yashash

O‘tmishdagi xatolar to‘g‘risidagi fikrlardan xalos bo‘ling va hozirgi lahza bilan yashang. Miyangizda doimiy ravishda hodisalarning muvaffaqiyatsiz rivojini aylantiraversangiz, qo‘rqasiz va asabiylashasiz. Axir kelajakni oldindan ayta olasizmi? Yodda tuting, bir kun, oy yoki yildan keyin nima bo‘lishini bilmaymiz. Shuning uchun nimadandir qo‘rqqan vaqtingizda ilgari nima bo‘lganini eslang. Bari siz o‘ylagandek yomon bo‘lmagandir.

Yomon narsani kutish

Nima uchun shunday qarorga keldingiz? Siz baxtga munosibsiz, shuning uchun xavotirga tushish va aynan qachon ustingizga halokatlar yog‘ilishini o‘ylash kerak emas. Qanday odam ekaningiz, o‘zingiz va boshqalar uchun nima qilayotganingiz haqida o‘ylang. Ijobiy javob olishga munosibsiz. Kelajakka optimizm bilan nazar soling.

Mavzuga oid