Özbekiston yengil atletika jamoasi Osiyo öyinlarida mamlakat delegatsiyasiga yana bir kumuş medal qöşib qöydi.

Yengil atletikaning uç hatlab sakraş maşqlarida Ruslan Qurbonov kumuş medalni qölga kiritdi. U finalda 16,62 m natija körsatdi va öz natijasini yaxşiladi.

Bu Özbekiston terma jamoasi sportçisi ilk marotaba Osiyo öyinlarida erkaklar örtasida uç hatlab sakraş böyiça kumuş medalni qölga kiritişi böldi.

Qayd etiş kerakki, bu yönalişda oltin medal Özbekistonni umumiy reytingda ta'qib etib kelayotgan Hindiston delegatsiyasi vakili Arpinder Singhga nasib etdi (16,77). Endilikda Hindiston oltin medallari soni 10taga yetgan. Bronzani esa xitoylik Çao Şuo oldi (16,56).

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi kumuş medallar soni 16taga yetdi. Ayni vaqtda Özbekiston jami 43ta - 11 oltin, 16 kumuş va 16 bronza jamğargan holda umumiy reytingda sakkizinçi örinda joylaşgan.