Içki işlar vaziri general-mayor Pölat Bobojonov rahbarligidagi Işçi guruh joriy yilning 24-26 avgust kunlari Buxoro viloyatining barça şahar va tumanlarida örganiş işlarini olib bordi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Örganişlar davomida içki işlar vaziri Kogon, Vobkent, Ğijduvon, Şofirkon tumanlari hamda Buxoro va Kogon şahar içki işlar bölimlarida bölib, ularda mavjud şaroitlar, şaxsiy tarkibning ma'naviy yetukligi hamda huquqiy savodxonligi, rahbar va xodimlarning xizmat vazifalari ijrosini taşkil etişning samaradorligi, tartib-intizomga rioya etiş, aholidan kelib tuşgan murojaatlarni öz vaqtida va sifatli körib çiqiş ahvolini şaxsan örgandi.
26 avgust kuni viloyat içki işlar boşqarmasida içki işlar vaziri P. Bobojonov boşçiligida kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura, viloyat hokimligi va içki işlar organlari mas'ul xodimlari iştirok etdilar.
Yiğiliş davomida egallab turgan lavozimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgan, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tölaqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan eskiça iş uslubida xizmat qilayotgan Buxoro tumani IIB boşliğining kadrlar böyiça örinbosari Ş.Örinov, Romitan tumani IIB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari J. Qurbonov, Vobkent tumani IIB boşliğining xizmat böyiça örinbosari A.Adizov, Olot tumani IIB boşliğining xizmat böyiça örinbosari D.Hasanov, Qoraköl tumani IIB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari N. Yuldaşov egallab turgan lavozimidan ozod etildilar.
Şuningdek, xizmat vazifalarini bajarişga mas'uliyat bilan yondaşmagan qator rahbar va xodimlarga turli darajadagi intizomiy jazo çoralari qöllanildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazmda IIV tizimidagi 6 nafar rahbar işdan olingandi.

















