Xalq deputatlari Toşkent şahar Şayxontohur tuman kengaşi deputatlari Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi arafasida tuman aholisi bilan uçraşuvlar taşkil etmoqda. Xususan, deputat Lutfulla Ubayevning keça, 29 avgust kuni Ipakçi mahalla fuqarolar yiğini faollari va mahalla ahli bilan uçraşuvida mahalla aholisining ijtimoiy ahvoli örganib çiqildi. Örganiş jarayonida uyma-uy kirib, har bir xonadonning turmuşidan xabar olindi.

Mustaqillik bayrami arafasida uşbu mahalladagi ijtimoiy va moddiy yordamga muxtoj oilalarga naqd pul körinişida amaliy yordam berildi. Bundan taşqari, 7 ta oila vakillariga «Davr bank» XATBdan plastik kartalar oçildi va ularga pul tuşirilib, moddiy jihatdan qöllab-quvvatlandi.


Xalq deputatlari Şayxontohur tuman kengaşi a'zolari, jumladan deputat Lutfulla Ubayev ham tuman aholisining yordamga muhtoj qatlamini örganiş, ularga zarur yordamni körsatiş borasidagi sa'y-harakatlarini bundan buyon ham davom ettiradi.





















