2017-2018 öquv yilida qoçqin oilalarning 4 milliondan ortiq farzandlari maktabga borişmadi. Bu haqida BMTning qoçqinlar masalasi bilan şuğullanuvçi Oliy komissari hisobotida aytildi. Unda butun dunyo qoçoqlari haqida ma'lumot berilgan. BMT institutlari taşabbuslariga qaramasdan, ta'lim muassasalariga qatnamaydigan bolalar soni oşib bormoqda.
2017 yil holatiga köra, butun dunyoda 25.4 mln. qoçqinlar mavjud. Ularning 19.9 millioni BMT tomonidan himoyaga olingan. Uşbu raqamning 52%ini bolalar taşkil etadi. 7.4 million nafari maktab yoşidagilardir. 2016 yilda 3.5 mln.dan ortiq bolalar maktabga çiqmagan. 2017 yilda körsatkiç 4 millionga köpaydi.
Global miqyosda olib qaraganda, 92% qoçqinlarning farzandlari boşlanğiç sinf öquvçilari bölişlari kerak, ammo bu 61%ni taşkil etmoqda.
Ta'lim olişning çeklanişi kelajakda juda katta talafotlarga olib kelişini aytmoqda BMTning qoçoqlar böyiça Oliy komissari Filippo Grandi. Uning fikriça, maktab bolalarning normal hayot keçirişlariga yordam beradigan maskandir.
















