Toşkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş işi böyiça qölga olingan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, bozorlardagi qonunbuzarlik holatlari böyiça Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boşqa moddalari böyiça jinoiy işlar qözğatilgan hamda dastlabki tergov harakatlari boşlangan.
Prokuratura matbuot xizmati qölga olinganlarning şaxsiga aniqlik kiritmadi. Tergov davomida bu iş böyiça ayblanuvçilar soni ortib borişi mumkin.
«Anhor.uz» ma'lumotiga köra, qölga olinganlar orasida «Bek töpi», «Çorsu» majmuasi, «Çilonzor» (Ippodrom), Sergeli maşina bozori, «Eski jöva» dehqon bozori va boşqalarning rahbarlari bor.
«Repost» manbasiga köra, hozirgaça qölga olinganlar soni 11 nafarni taşkil etmoqda.
Ma'lumot uçun, Jinoyat kodeksining 167-moddasi («Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş») moddasi böyiça eng oğir jazo 10 yilga ozodlikdan mahrum qiliş hisoblanadi. Agar ayblanuvçi yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplasa, u faqat jarima yoki majburiy axloq tuzatiş işlari bilan qutulişi mumkin.

















