Sönggi vaqtlarda respublikadagi juda katta maydonlarda yangi,intensiv usuldagi boğlar barpo etilmoqda hamda eskilari qayta taşkil etilmoqda. Ularning aksariyat qismini olma, gilos, şaftoli, olxöri, tok va yonğoqzorlar taşkil qiladi.

Boğbon, dehqonlarimizning bilim va malakalarini oşiriş, sohadagi yangiliklardan xabardor etib boriş yangi boğlarni töliq kökartirib oliş, meva kasalliklaridan samarali himoyalaş hamda möl hosil yetiştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

25 avgust kuni Toşkent viloyati, Toşkent tumanida AGRO HOUSE MÇJ korxonasi, Norçontol köçatçilik xöjaligi hamda ECO DRIP LUX MÇJhamkorligida fermer, dehqonlar, köçat yetiştiruvçi va boğbonlar uçun intensiv boğdorçilikka bağişlangan seminar taşkil qilindi.

Unda  xalqaro intensiv boğdorçilikda katta tajribaga ega fransiyalik konsultant Fabiyen Martel hamda uşbu yönalişning yana bir tajribali konsultanti, özbekistonlik Şuhrat Abrorov seminar iştirokçilariga zamonaviy intensiv boğlarni barpo qilişdagi öz tajribalari bilan bölişdilar.

Jumladan, Fabiyen Martel Özbekistonda intensiv boğlarni barpo etiş va tuproqni tayyorlaş, intensiv boğlarda ösişni boşqariş, olma boğlarida terim vaqtini töğri aniqlaşning ahamiyati xususida dunyo tajribasi va bu borada qilinayotgan yangiliklar haqida ma'lumotlar taqdim etdi.

Biz fransiyalik mutaxassisdan intensiv boğdorçilikni rivojlantirişda jahon tajribasi va bu borada Özbekistonda alohida e'tibor qaratilişi lozim bölgan yönalişlar haqida fikrlarini söradik.