Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenkoga uyuştirilgan suiqasd mintaqadagi keskinlikning ortişiga olib keladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Zaxarçenkoning ölimi, şubhasiz, mintaqadagi keskinlikning kuçayişiga olib keladi», - dedi Peskov.
Matbuot kotibining ta'kidlaşiça, bu hodisa Minsk kelişuvlarini amalga oşiriş uçun şaroitlarni şakllantirişga yordam bermaydi.
Peskovning sözlariga köra, Zaxarçenkoga qilingan suiqasd «provokatsiya» hisoblanadi. Şu bilan birga, uning aniqlik kiritişiça, hozirgi vaqtda bu kim tomonidan amalga oşirilgani noma'lum.
«Bu provokatsiya ortida kim turganini hali aniqlaş kerak», - deya xulosa qildi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq «LXR»da yuqori jangovar şaylik rejimi e'lon qilingani xabar berilgandi.

















