Özini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» («LXR») rahbari vazifasini bajaruvçi Leonid Paseçnikning ma'lum qilişiça, «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarçenkoning öldirilişi tufayli «LXR» hududida töliq jangovar şaylik holati rejimi joriy etildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Paseçnikning ta'kidlaşiça, özini-özi mustaqil deb e'lon qilgan respublikada vaziyat barqaror, vaziyat «LXR» organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Uning sözlariga köra, tinçlikni saqlab qoliş uçun barça çoralar körilgan.

«Biz xavfsizlikni kuçaytiriş böyiça barça tegişli çora-tadbirlarni kördik, Milliy militsiya bölinmalari oşirilgan jangovar şay rejimida turibdi, MGB, IIV va prokuratura bölinmalari kuçaytirilgan rejimda işlamoqda», - deya aytib ötdi Paseçnik.

«DXR» rahbari 31 avgust kuni Donetskdagi «Separ» kafeda yuz bergan portlaş oqibatida halok böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zaxarçenkoga suiqasdda unga yaqin şaxslar iştirok etgan bölişi mumkin ekani xabar berilgandi.