Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Tölqin Qiliçev Kun.uz muxbiriga intervyu berdi. Unda mutaxassis Osiyo öyinlaridagi natija haqida öz fikrini bildirib ötdi.

«Hamma boksçilarimizdan qoniqdik. Yutqizgan bolalarga kelsak, bu birinçi navbatda omad, buning ustiga ba'zi vakillarimiz katta musobaqalarda endi qatnaşmoqda. Hasanboy ham qölidan kelganini qildi. U biroz tanaffusdan keyin endi sekin-sekin öziga kelmoqda. Raqibda ham maktab bor, ular ham Hasanboyni juda yaxşi örganişgan. Agar Hasanboy uni bir marta körgan bölsa, ular Hasanboyni ming marta körgan. Öylaymanki, öziga yaraşa xulosa çiqaramiz.
Ğolib yigitlarimiz esa haqqoniy çempion bölişdi. Barça bolalarimizdan yaxşi natijani kutgandik. Bobousmon Baturov, Miraziz Mirzaxalilov öziga xos kaşfiyot böldi. Ularning qölga kiritgan natijalari keyingi musobaqalar uçun juda katta turtki hisoblanadi.
Musobaqadan avval Qozoğiston qiyinçilik keltirib çiqarişini kutgandik. Ammo, Osiyo öyinlari vaqtida Şimoliy Koreya boksçilari öziga xos «syurpriz» böldi. Indoneziya vakillari ham kuçli harakat qilişdi.
Şuni aytib ötişim mumkinki, bizda boksda avlodlar almaşinuvi heç qanday muammolarsiz ötadi. Sababi zaxiramiz juda kuçli, zaxiradagi bolalar öz navbatini kutib turibdi. Raqobat juda kuçli», - dedi Qiliçev.
















