AQŞ prezidenti Donald Tramp Singapur va Papua-Yangi Gvineyada ötkaziladigan ASEAN hamda OTIHga bormaydi. Bu haqda Reuters Oq uyga tayanib xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, uçraşuvlarda Qöşma Ştatlar nomidan vitse-prezident Mayk Pens iştirok etadi.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning sözlariga köra, Pens «AQŞ erkin va oçiq Hind-Tinç okeani mintaqasi böyiça qanday pozitsiyada ekanini ta'kidlaydi». Bu suverenitet va qonun ustuvorligi, şuningdek, erkin hamda adolatli savdo tamoyillariga asoslangan böladi.
Şuningdek, xabar qilinişiça, Tramp bu vaqtda Irlandiyaga taşrif buyuradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin va Tramp yil oxirigaça uç marta uçraşişi mumkin ekani xabar qilingandi.

















