Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidenti ertaga O‘zbekistonga keladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Rejalashtirilayotgan sammit davomida oliy darajada O‘zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish mo‘ljallangan.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar muhim to‘plamini imzolash rejalashtirilgan. Ular O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi hamkorlikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, ilm-fan, ta'lim, madaniyat va sport sohalarida kengaytirishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misr prezidenti Osiyo bo‘ylab turne o‘tkazayotgani, u O‘zbekistonga ham kelishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026