Adidas O‘zbekiston terma jamoasiga Osiyo chempionati uchun yangi dizayndagi liboslarni tayyorlab beradi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Adidas kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan 2 yillik kelishuvga binoan, milliy terma jamoaga 2019 yilgi Osiyo chempionati uchun yangi dizayndagi liboslar tayyorlab beriladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
«Hozirgi liboslar vaqtinchalikka. Tayyorini oldik. Kelishuv bo‘yicha Adidas yangi dizayndagi liboslarni tayyorlab beradi», degan Ahmadjonov.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston futbol terma jamoalari shu vaqtga qadar Joma kompaniyasi liboslarida to‘p surib kelardi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berilib, terma jamoa futbolchilari uchun yangi dizayndagi liboslar namoyish qilingandi.
O‘FA Nike va Adidas kompaniyalaridan ikkinchisini tanlagan.
Adidas liboslari Germaniya texnologiyalari asosida tikiladi, oyoq kiyimlar esa Italiya texnologiyalarida vositasida tayyorlanib, ular ham Yevropa standartiga to‘la javob beradi.
Ertaga, 6 sentabr kuni Suriyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta Adidas liboslarida maydonda harakat qilishadi.
Ma'lumot uchun, bunga qadar O‘zbekiston terma jamoalari Ispaniyaning Joma firmasi tomonidan taqdim etilgan liboslarda maydonga tushib kelishardi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

20:29 / 31.07.2024
Adidas supermodel Bella Xadid ishtirokidagi krossovka reklamasini o‘z resurslaridan olib tashladi

12:20 / 02.04.2024
Adidas Germaniya milliy jamoasi futbolkalaridan 44-raqamni olib tashladi

16:45 / 05.12.2023
Bir-biridan arazlab ikkita kompaniya ochgan aka-ukalar - Adidas va Puma tarixi

14:34 / 26.11.2021