Foto: Pexels

Mutolaa uçun vaqt topiş

«Har kuni 500 varaq öqing. Bilimlar murakkab foiz kabi töplanib boradi. Köpçilik buni amalga oşira oladi, biroq kafolat beramanki, bunday qilmaydi».

Uorren Baffett, tadbirkor, investor

Agar kitobni kam öqiydiganlardan bölsangiz, 200 ta kitob noreal raqam, kuniga 500 varaq esa – kutubxonaçining rejimi bölib körinişi mumkin. Aslida bu istalgan kişining qölidan keladi.

Keling, hisoblab köramiz. Mutolaa tezligi daqiqasiga 200 ta sözga yaqin. Örtaça hajmli kitobda deyarli 50 mingta söz mavjud.

200 kitob × 50 000 söz = 10 000 000 söz

10 000 000 söz / daqiqasiga 200 söz  = 50 000 daqiqa

50 000 daqiqa/ 60 daqiqa = 833 soat

200 ta kitob öqiş uçun yiliga 833 soatni mutolaa uçun sarflaş kerak. Kuniga 2-3 soat. Bu vaqtni qayerdan oliş kerak?

Nima uçun ijtimoiy tarmoqlarni kitobga almaştiriş lozim?

Sizning ma'lumotga bölgan munosabatingiz özgaradi

Ijtimoiy tarmoqlar – kiçik ma'lumotlar töplami: xabarnoma, rasm, gifkalar. Miya bu kabi yengil parhezga könikadi va diqqatingizni bir joyga jamlaş tobora murakkablaşadi. Kitob mutolaasi – bir predmetga uzoq muddat davomida diqqatni jamlaşdir.

Ijtimoiy tarmoqlarni kitoblarga almaştiring. Şu yöl bilan miyaga zaruriy narsalarga e'tiborni qaratişda yordam berasiz.

Foto: Pexels

Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta'siridan xalos bölasiz

Informatsion çiqindidan xotira va diqqat aziyat çekadi. Qarorlarni qabul qiliş va hissiy qayta işlaş murakkablaşadi. Kitob esa anglaş funksiyalariga heç qanday xavf tuğdirmaydi.