Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan saytlar endi qanday aniqlanadi?

Foto: kakprosto.ru
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani xabar berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resurslarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda Internet tarmog‘i resurslarining monitoringi yuritiladi.
Internet tarmog‘i resurslarining monitoringi, shuningdek, Markazga belgilangan tartibda kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida ham olib boriladi.
Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz tomonidan bir ish kuni mobaynida Internet tarmog‘i axborot resursida taqiqlangan axborot mavjudligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Markaz xulosasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:
xulosa qabul qilingan sana;
monitoring o‘tkazish uchun asos;
o‘rganish predmeti (taqiqlangan axborot aniqlangan axborot resurslari ro‘yxati);
o‘tkazilgan monitoring natijalari.
Monitoring natijalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 avgustdagi 228-son qarori bilan tashkil etilgan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasiga murojaat qilishga haqli.
Internet tarmog‘i axborot resursining identifikatsiya ma'lumotlari Reyestrga kiritilishiga asos bo‘lgan Markaz xulosasi yoki Ekspert komissiyasi qarori yuzasidan sudga murojaat qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025