Buyuk Britaniya, AQŞ, Fransiya, Germaniya va Kanada Rossiya razvedkasi boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va Yuliya Skripalga suiqasd böyiça qöşma bayonot e'lon qildi. Bu haqda Germaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
Ğarb davlatlari bir ovozdan bu amaliyot Rossiya hukumati tomonidan ma'qullaganini bildirişgan.
«Keçagi xabar bizning xorijiy josuslarning bizning hududlarimizda tinç aholiga qarşi qaratilgan duşmanona xatti-harakatlariga javoban birdamligimizni yanada mustahkamladi», — deyilgan bayonotda.
Ğarb davlatlari yetakçilari Solsberidagi hujum uçun yana bir bor norozilik bildirişgan va uşbu iş böyiça yangi ma'lumotlarga ega bölganlarni Buyuk Britaniya politsiyasiga murojaat qilişga çaqirişgan.
«Biz Sergey Skripal va Yuliya Skripalning zaharlanişi böyiça olib borilayotgan tekşiruv jarayonida erişilgan natijalarga qöşilamiz va suiqasdda ayblanayotgan ikki gumondorga e'tibor qaratamiz. Biz Britaniya politsiyasining işini yuqori baholaymiz», deyilgan bayonotda.
Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal 2006 yilda Buyuk Britaniya foydasiga josuslikda qilişda ayblanib Rossiyada sudlangan edi, keyin u 2010 yilda AQŞ bilan mahbuslar almaşinuvi davomida ozod qilindi. Şundan keyin u Buyuk Britaniyaga doimiy yaşaş uçun köçib ötdi va Angliyaning Solsberi şahrida yaşadi.
Şu yilning 4 mart kuni Solsberida Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani huşsiz holatda topişdi.
12 mart kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey parlamentga murojaatida Skripallar Rossiyada işlab çiqarilgan, asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi orqali zaharlangani haqida ma'lum qildi. Moskva tomoni bu ayblovni rad etib, 2017 yilda Rossiya hududidagi barça kimyoviy qurollar yöq qilinganini iddao qiladi.
5 sentabr kuni London Solsberidagi suiqasd ijroçilari bölgan ikki şaxs fotosuratlarini e'lon qildi. Tereza Mey bular Rossiya razvedka boşqarmasi xodimlari Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov ekanini ma'lum qildi.


















