Joriy yilning 4 martida Buyuk Britaniyaning Solsberi şahrida Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda gumon qilinayotgan ikki rossiyalik - Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov kuzatuv kameralari nigohiga tuşib qolgan.

Foto: news.sky.com

«Gumonlanuvçilar Solsberidagi hujum arafasida Uilton-Rouddagi kuzatuv kameralariga muhrlanib qolişgan», deyiladi BBC News xabarida.

Foto: PA Images/TASS
Foto: Metropolitan police

Öz navbatida Skotlend-Yard va Buyuk Britaniya Qirollik jinoiy prokuraturasi Solsberidagi hujum rossiyalik josuslar tomonidan sodir etilganiga yetarliça isbotlar mavjudligini ma'lum qilmoqda.

Skotlend-Yardda aksilterror bölimga rahbarlik qiluvçi Nil Basuning aytişiça, hukumat Boşirov va Petrovni hibsga olişga milliy va xalqaro order bergan.

Naşr ma'lumotiga köra, Petrov va Boşirov suiqasd sodir bölişidan ikki kun avval, 2 mart kuni haqiqiy pasportlar bilan Buyuk Britaniya hududiga kirgan va 4 mart kuni soxta pasportlar bilan mamlakatni tark etgan.

Uşbu şaxslar 2-3 mart kunlari mobaynida London şarqidagi City Stay Hotel mehmonxonasida yaşaşgan. Ular tunagan xonada asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi izlari topilgan.

Foto: Metropolitan police