Özini mustaqil deb e'lon qilgan «DXR» boş vaziri örinbosari, daromadlar va yiğimlar vaziri Aleksandr Timofeyev hamda «DXR»ning halok bölgan sobiq yetakçisi maslahatçisi Aleksandr Kazakov Donetskni tark etdi. Bu haqda «Interfaks» manbaga asosan xabar bermoqda.

«Aleksandr Timofeyev Zaxarçenkoning maslahatçisi Aleksandr Kazakov bilan Donetskni tark etdi va Rossiyaga çiqib ketdi», - deya aytib ötdi «DXR»ning halok bölgan sobiq yetakçisi Aleksandr Zaxarçenkoga yaqin bölgan şaxslardan biri agentlikka.

Uning sözlariga köra, bunday qaror xavfsizlik maqsadlarida qabul qilingan. Timofeyev va Kazakov, manbaning aniqlik kiritişiça, yaqin vaqt içida Donetskka qaytişni rejalaştirmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» parlamenti Xalq kengaşi raisi Denis Puşilinni respublika rahbari vazifasini bajaruvçisi etib tayinlagandi.

Ta'kidlanişiça, Donetsk parlamenti ham Aleksandr Zaxarçenkoni bu lavozimdagi vakolatlarini «uning ölimi munosabati bilan» muddatidan avval töxtatiş haqida qaror qabul qilgan.