AQŞ Mudofaa vazirligining Ilmiy agentligi (DARPA) Rossiyada gipertovuşli «Kinjal» raketalari yaratilişiga javoban Glide Breaker tutib oluvçi kontseptini işlab çiqdi. Bu haqda The Drive yozmoqda.
Ğoya şundan iboratki, bunda kiçik uçar qurilma tahdidga «kinetik ta'sir körsatadi» - jangovar kallakka ega bölmaydi, biroq obektni töğridan-töğri zarba beriş orqali urib tuşiradi. Naşrning aniqlik kiritişiça, işlanma «bir öq bilan boşqa bir öqni urib tuşiriş harakatini eslatib yuboradi».
Parvozning oxirgi bosqiçida gipertovuşli raketalarni tutib oliş deyarli imkonsiz. Bu raketa kursi havo hujumidan mudofaa vositalari bilan hisoblab çiqilganiga qaramay yuz beradi. «Glide Breaker dasturining maqsadi şundan iboratki, u duşmanni muvaffaqiyat kafolatlaridan mahrum qilişi va u tomonidan gipertovuşli qurol qöllangan taqdirda noaniqlik kiritişi kerak», - deya ma'lum qilişgan DARPA’dan. Ular kontsept haqida batafsil ma'lumot taqdim etişmadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda «aldamçi raketa» sinovdan ötkazilgani xabar berilgandi.

















