Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş vazirligi fuqaro aviatsiyasi qömitasi mamlakatga parvozlarni amalga oşiruvçi eng punktual aviakompaniyalar reytingini tuzdi.

Reytingga köra, joriy yilning birinçi yarmida eng yaxşi körsatkiç "Özbekiston havo yöllari" aviakompaniyasiga tegişli böldi.

Bu borada Vengriyaning Wizz Air kompaniyasi ikkinçi örinni egalladi. Uçinçi örinni LOT Polish Airlines (Polşa) aviakompaniyasi qölga kiritdi.

Qayd etilişiça, "Özbekiston havo yöllari" MAK barça reyslarning 94 foizini keçikişlarsiz amalga oşirgan.  

Ötgan olti oy davomida Qozoğistonga yuzdan ortiq reyslarni amalga oşirgan xorijiy aviakompaniyalarning punktuallik reytingi esa quyidagiça köriniş oldi:
1.  "Özbekiston havo yöllari" (Özbekiston).
2.  Turkish Airlines (Turkiya).
3.  "Sibir" (Rossiya).
4.  Air Arabia (BAA).
5.  Fly Dubai (BAA).

"Özbekiston havo yöllari" şu yilning iyunida Moskvaning “Domodedovo” aeroporti tomonidan ham eng punktual aviataşuvçi deb e'tirof etilgandi.