Biznes samarali işlaşi uçun bu körsatkiçlarni kuzating.

Statistikaga köra, biznes uç yil yaşaydi, biroq kiçik biznes uç yildan uzoq yaşaşi kamdan-kam kuzatiladi. Yuztadan uçtasigina uzoqroq umr köradi, qolganlari yopilib ketadi. Asosiy sabab – norentabellik. Bari joyida ekanini biliş uçun qölingizni pulsda tuting: biznesni nazorat qilib, yangi körsatkiçlarni kuzatib boring.

Foto: Pexels

Bu maqolada aynan şu haqida söz yuritamiz: qayerga nazar soliş lozim, raqamlar nima va biznesda bari joyida ekanini qanday tuşuniş mumkin?

Pul

Biznes bu – pul. Aniqroği u olib kelayotgan pul miqdori. Şuning uçun rentabelligini kuzatiş muhim. Murakkablik şundaki, moliyaviy körsatkiçlar köp: ROI, ROA, ROE, P&L, EBITDA. Barini hisoblaş muşkul. Biroq bir qator körsatkiçlarni nazorat qiliş kerak.

1. EBITDA

EBITDA biznesingiz soliq, kredit böyiça tölovlar va investitsion xarajatlar (uskuna, ta'mirlaş, xodimlarni öqitiş)ni hisobga olmaganda qança pul keltirişini körsatadi. Xuddi bu xarajatlar mavjud bölmagandek.

Agar EBITDA ijobiy bölsa, biznes işlaydi. Hatto qarzingiz bölsa ham biznes baribir pul olib keladi, muammolarni esa hal qilsa böladi. Agar körsatkiç nolga teng bölsa, yoki minusga qarab ketsa, kompaniya zararga işlamoqda va çoralar köriş kerak.

EBITDA dinamikasini kuzatiş va körsatkiçni oşirişga harakat qiliş kerak: xarajatlarni qisqartiriş, foyda va daromadni oşiriş, köproq mijozlarni jalb etiş.

2. Alternativ xarajatlar

Ular mablağni qay darajada samarali boşqarganingizni körsatadi: plyusda qoldingizmi yoki minusga ketdingizmi?

3.Örta çek, konversiya, çekdagi birliklar soni

Bu ma'lumotlar har qanday savdo nuqtasidagi savdolarni körsatadi. Biznes muvaffaqiyatli rivojlanmoqdami? U qanday işlayotganini örganing. Körsatkiçni oşirib, biznes daromadini oşiriş mumkin.

Çekdagi birliklar soni – bir mijoz örtaça qança mahsulot sotib olayotganini körsatadi. Agar körsatkiç birga teng bölsa, qöşimça savdolar bilan işlang: xodimlar uçun treninglar ötkazing, mahsulotlar joylaşuvini özgartiring.