Buyuk Britaniyada London Moskva aloqador deb hisoblovçi Solsberidagi zaharlaş holati böyiça tafsilotlar oşkor etilgaç, Rossiya bir özi, yolğiz qolib ketmadi. Bu haqda Amerikaning Forbes jurnali yozmoqda.
Naşr Moskva yakkalab qolmaganiga oid dalillar sifatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda Avstriya TIV rahbari Karin Knayslning töyiga mehmon sifatida taşrif buyurgani, şuningdek, heç narsaga qaramay Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp bilan yaxşi munosabatlar va Italiya hukumatining qöllab-quvvatlovini tilga olgan.


Forbes’ning ta'kidlaşiça, hozirda vazifa şundan iboratki, «bir tuman ayblovlar va rad etişlar aro» bu Buyuk Britaniya va öta muhim bölgan - Ğarbning Rossiya bilan munosabatlari uçun qanday ahamiyatga ega ekanini tuşuna olişdir.
Bundan taşqari, naşr Rossiya Yevropa ittifoqiga eng yirik energiya yetkazib beruvçi ekanini yoddan çiqarmaslikka çaqirgan. Şuningdek, NATO ham, Rossiya ham kuçni körsatib qöyiş sifatida baholanişi mumkin bölgan köplab harbiy maşqlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Qarama-qarşilikka qaramasdan, Ğarb va Rossiyada özaro manfaatli munosabatlar örnatiş uçun salohiyat bor, biroq bu safar ularni yanada mustahkam poydevorga qöyiş kerak, deyiladi materialda.
Avvalroq, Britaniya huquq-tartibot organlari Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşga aloqador bölgan şaxslar aniqlangani haqida ma'lum qilgandi. Britaniyada ularning ismlari ham oşkor etildi (Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov), biroq bu öylab topilgani yaşirilmadi. Ammo, qöşimça qilinişiça, Britaniya hukumatiga haqiqiy ismlar ham juda yaxşi ma'lumdir. Bundan taşqari, Skripallarni zaharlagan şaxslarning Solsberidagi harakatlanişi tasvirlangan fotosuratlar va video e'lon qilindi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi Londondan Skripallar işi böyiça gumonlanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlarini talab qilişdi, e'lon qilingan fotosuratlar esa «trolling», deb ataldi.
Rossiya Solsberida rossiyalik sobiq zobit Sergey Skripal va uning qizini zaharlaşga aloqador ekanini rad etmoqda.

















