Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Xöjalik yurituvçi sub'yektlarda tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumlar va xodimlar soni xronometrajini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, 2018 yil 1 oktabrdan soliq organlari xronometraj natijalariga köra oxirgi hisobot davri uçun tovar (iş, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib körsatilgan tuşumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblaşni amalga oşiriş haqida talabnoma yuboriş huquqiga ega böladilar. Kamaytirib körsatiş takroran aniqlanganda, uşbu harakatlar soliq tölaşdan böyin tovlaş sifatida malakalanadi.
Işlab çiqilgan hujjatda yuqorida körsatilgan qarorni amalga oşiriş mexanizmi belgilangan. Şuni qayd etib ötamizki, loyihani tayyorlaş bosqiçida xronometraj natijalarini baholaş çoğida sotuvlarning mavsumiyligini hisobga oliş zarurligi yuzasidan fikr bildirilgan edi. Şuningdek, takroran kamaytirib körsatişga soliq tölaşdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikka tortiş uçun asos sifatida qaramaslik kerak – buni tegişli tekşiruvlar bilan tasdiqlaş zarur. Mazkur dalillar işlab çiquvçilarning pozitsiyasiga mos keldi.
Xronometraj nimalarni qamrab oladi, qayerda ötkaziladi
Loyihada sotilgan tovarlar, bajarilgan işlar va körsatilgan xizmatlar realizatsiyasidan tuşumning hisobotdagi va haqiqiy miqdori, şuningdek xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligini tasdiqlaş maqsadida xronometraj ötkazilişini belgilaş taklif etilmoqda. Şu tariqa, hozir xodimlar soni faqatgina ötkazilgan xronometraj töğrisidagi ma'lumotlar jadvalida aks ettirilsa, endilikda uning töğridan-töğri obektiga aylanadi. Şu sababli soliq organlariga nafaqat nazorat-kassa maşinalari va tölov terminallaridan fiskal ma'lumotlarni oliş, balki soliq tölovçilarda mehnat şartnomasi tuzgan yoxud tuzmagan holda işlovçi şaxslar töğrisida ma'lumotlarni talab qilişga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning qaysi obektlarida xronometraj ötkazilişi yuzasidan aniqlik kiritilmoqda. Bular – tovarlar işlab çiqariladigan va realizatsiya qilinadigan, işlar bajariladigan yoki xizmatlar körsatiladigan obektlar. Bunda nafaqat mulk, egalik qiliş yoki ijara huquqida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga tegişli bölgan obektlar, balki xöjalik yurituvçi sub'yekt pudrat şartnomasi yoxud boşqa şartnoma asosida öz faoliyatini yuritadigan joylar haqida ham söz bormoqda. Masalan, buyurtmaçilarga tegişli quriliş maydonçalari.
Xronometraj ötkaziş uçun asoslar
2 turdagi farqlanişni xronometraj uçun haqiqiy asos etib belgilaş taklif qilinmoqda:
• tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumlar haqidagi;
• haqiqatda işlovçi xodimlar haqidagi.
Bunda oldindan nomuvofiqliklar izlanadigan axborot manbalari belgilangan:
• soliq tölovçilarni pasportlaştiriş davomida tuzilgan hujjatlardagi şubhali ma'lumotlar;
• xöjalik yurituvçi sub'yektlar davlat soliq xizmati organlariga taqdim etgan hisobotlar, axborot va boşqa ma'lumotlar;
• muayyan davr uçun topşirilgan hisobotlarda körsatilgan tuşumlar bilan tijorat bankidagi hisob-kitob sçyotiga kelib tuşgan pul mablağlari örtasidagi nomuvofiqlik.
Quyidagilar öşa xöjalik yurituvçi sub'yektda takroran xronometraj ötkaziş uçun asos böladi: xronometraj ötkazilgandan keyingi kunlarda tovarlar (işlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumning keskin pasayişi, şuningdek hisobotlarda körsatilgan xöjalik yurituvçi sub'yekt xodimlarining soni kamayişi. Tegişli dinamika soliq organlari tomonidan muntazam kuzatib boriladi.
Hozir bölganidek, davlat soliq xizmati organining rahbari yoxud uning örinbosari qabul qilgan buyruq xronometraj ötkaziş uçun yuridik asos böladi.
Xronometraj maxsus vakolatli organ (Boş prokuratura) bilan kelişmay va tekşirişlarni röyxatga oliş kitobida qayd etilmay ötkaziladi.
Xronometraj ötkaziş tartib-taomili
Uni ötkazişning aniq muddatlarini soliq tölovçining iş rejimi va faoliyat turiga qarab 1 iş kunidan 5 iş kunigaça etib belgilaş taklif etilmoqda.
Xöjalik yurituvçi sub'yekt naqd pul tuşumiga ega bölmasa, faqat xodimlar soni xronometraji ötkaziladi.
Tafovutlar topilganda xöjalik yurituvçi sub'yektga xronometrajda aniqlangan örtaça oylik tovar aylanmasining eng kam qiymatidan kelib çiqib, oxirgi hisobot davri uçun qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblaşni amalga oşiriş haqida talabnoma kiritiladi. Xöjalik yurituvçi sub'yektning faoliyati mavsumiy tusga ega bölganda – örtaça kunlik tuşumdan hisoblab çiqarilgan eng kam örtaça oylik tuşumdan kelib çiqiladi.
Takroriy xronometraj davomida qonunbuzarliklar aniqlansa, maxsus vakolatli organlarga soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş dalili yuzasidan tekşiruv ötkazişni sörab iltimosnomalar kiritiladi. Soliq tölovçi boşqa şaxslar nomiga, boşqa manzil yoxud faoliyat turi böyiça röyxatdan ötkazilgan NKM yoki tölov terminalidan foydalanganda ham şunday yöl tutiladi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.












