6 sentabr kuni Navoiy viloyati IIBda Içki işlar vaziri P.Bobojonov boşçiligida kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, viloyat hokimligi va içki işlar organlari mas'ul xodimlari iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Viloyatda joriy yilning sakkiz oyi mobaynida jinoyatçilikning keskin kamayganligiga qaramasdan, ayrim hududlarda kriminogen vaziyat biroz oğirlaşganligi yiğiliş iştirokçilarining e'tiborini qaratdi. Xususan, viloyatdagi 215 ta yoki 70 foiz mahallada jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilib, deyarli har beşinçi mahallada jinoyat sodir etilişining oşganligi qattiq tanqid qilindi.

Joriy yilning sakkiz oyi mobaynida sodir etilgan jinoyatlar har 100 ming aholi soniga nisbatan hisoblanganda respublikada uçinçi örinni egallayotganligi bayon qilinib, bir qator tumanlarda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar salbiy baholandi.

Şuningdek, sönggi ikki oy davomida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar soni yil boşida qayd etilgan jinoyatlarning 29 foizini taşkil etib, ayniqsa Nurota va Xatirçi tumanlarida keyingi ikki oy davrida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş böyiça qilingan işlar samarasiz bölganligi yiğilişda qayd etildi.

Öta oğir turdagi jinoyatlar sodir etilişining asosiy sababi jinoyatni sodir etişga moyil bölgan şaxslar bilan muntazam ravişda profilaktik işlar olib borilmaganligi qayd etilib, bu borada Xatirçi tumanida ilgari sudlangan şaxslar bilan, Qiziltepa tumanida esa doimiy işga muhtoj fuqarolar bilan belgilangan tartibdagi işlar tizimli ravişda yölga qöyilmaganligi ta'kidlandi.

Foto: IIV axborot xizmati

Viloyat içki işlar organlarida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş işlariga alohida e'tibor qaratilmasdan kelinayotganligi sababli joriy yilning sakkiz oyi davomida viloyatda sodir etilgan yöl-transport hodisalari soni 33,6 foizga oşib ketganligi, oqibatda 41 nafar fuqaro hayotdan bevaqt köz yumganligi va yana 136 nafari turli darajada tan jarohati olganligi qayd etildi. Şu bilan birga, yöl-patrul xizmati xodimlari faoliyati ustidan şikoyatlar kelib tuşayotganligi tanqid qilinib, viloyat yöl harakati xavfsizligi xizmati tizimida vaziyatni keskin yaxşilaş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.