Jamiyat | 14:25 / 10.09.2018
29962
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi YTHda qurbon bo‘lgan fuqarolar jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: 48.mvd.rf

Rossiya Federatsiyasining Lipetsk oblasti Dubrovskiy tumanidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etganlar vatanga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston FVV xabar berdi.

Joriy yilning 6 sentabr kuni soat 20:30da Lipetsk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi. Buning natijasida, voqea joyida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida joriy yilning 9 sentabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning «Moskva-Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga olib kelindi va dafn marosimini o‘tkazish uchun yaqin qarindoshlariga topshirildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid