Bugun, 10 sentabr kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda Xitoyning «QIERTE Co. Ltd» kompaniyasi örtasida 2018-2022 yillar uçun homiylik va hamkorlik böyiça şartnoma imzolaş marosimi bölib ötdi. Uşbu firma PRES-JOG brendi ostida sport ekipirovkalari işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
Tadbirda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, xorijiy davlatlar bilan döstlik böyiça Xitoy xalq uyuşmasi boş direktori Li Xin Yu, MOQ boş kotibi Jasur Matçanov, «QIERTE Co. Ltd» boşqaruvi raisi Li Yu Qi, şuningdek Osiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilar, turli federatsiyalar vakillari iştirok etdi.

Ma'lum qilinişiça, 10-12 avgust kunlari Xitoyda uşbu brend işlab çiqargan ekipirovkalar taqdimoti ötkazilgan bölib, unda MOQ nomidan boş kotib Jasur Matçanov iştirok etgan. Örtadagi kelişuv natijasida Xitoy kompaniyasi Indoneziyada ötgan Osiyo öyinlari va oktabr oyida Argentina mezbonlik qiladigan ösmirlar örtasidagi Olimpiya öyinlari uçun Özbekiston delegatsiyasiga homiylik qilib, 450 dona sport ekipirovkalarini bepul taqdim etgan.


Marosimda sözga çiqqan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Jakarta-2018 turniridagi Özbekistonning muvaffaqiyatli iştirokiga urğu berib, bunda yangi hamkorlarning ham hissasi borligini aytib ötdi. «Yangi liboslar sportçilarimiz uçun omadli keldi, desak mubolağa bölmaydi», deya ta'kidladi Ahmadjonov.
Ma'lum qilinişiça, keyingi 4 yil davomida böladigan quyidagi musobaqalarda özbekistonlik atletlar PRES-JOG ekipirovkalaridan foydalanişadi:
- Buenos-Ayres-2018 – ösmirlar örtasida Olimpiya öyinlari;
- Tokio-2020 – yozgi Olimpiya öyinlari;
- Pekin-2022 – qişki Olimpiya öyinlari;
- Hangçjou-2022 – yozgi Osiyo öyinlari.
Bundan taşqari, kelişuvga köra Xitoyning uşbu firmasi 2018 yilga qadar Özbekistonning turli yoşdagi futbol terma jamoalarini ham sport liboslari bilan ta'minlaydi. Bunda milliy terma istisno bölib, asosiy jamoa kelgusi 2 yil davomida Adidas ekipirovkalaridan foydalanadi. Avvalroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Adidas bilan hamkorlik borasida şartnoma imzolaganini taşkilot 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Kun.uz`ga






















