Qonun ustuvorligi jamiyat hayotida adolatning, tartib-intizomning yuzaga kelişiga sababçi böladi. Qonunlarga bölgan hurmat esa öz-özidan vatanga daxldorlik tuyğusini şakllantiradi. Bu tuşunçalarni mensimaslik, oyoq osti qiliş va befarqlik, tabiiyki, jamiyatning qaysidir böğinida xaos boşlanişiga olib keladi.

Facebook ijtimoiy tarmoğida e'lon qilingan videorolikda ham ana şu xaosning alomatlarini seziş mumkin. Videoda avtobus bekatida töxtab turgan “Matiz” avtomaşinasini köriş mumkin. Özini “Toşşahartransxizmat” xodimi deb taniştirgan ayol avtomaşina haydovçisidan nega bekatda turganini, bu qonunga zid ekanligini, zudlik bilan çetga çiqib turişini söraydi. Bunga javoban “Matiz”ning egasi ayolni tinimsiz haqoratlay boşlaydi (haydovçining birorta gapi sökişsiz bölmagani uçun ularni yoza olmadik). U hatto taşkilot xodimiga qöl ham kötaradi.

Bu orada “Spark” avtomobili ham kelib bekatda töxtamoqçi böladi, ammo videoga olinayotganini körib, töxtamay ötib ketadi. Sökinişdan çarçamagan “Matiz” haydovçisidan qoçgan ayol navbatdagi avtobusga çiqib oladi. Şunda ham haydovçi ayolni taqib etib, yölovçilarning oldida uni haqoratlaydi, qöllari bilan uyatsiz qiliqlar qiladi.

Yengil avtomobillarning avtobus bekatlarida turib olişlari odatiy manzaraga aylandi. Ammo bu qonunga zid-ku, buni hatto yoş bola ham biladi. Ammo haydovçilarga negadir heç kim heç narsa deya olmaydi. “Tirikçiligida” yoki “Oç qornim tinç quloğim” qabilida befarq bölinadi. Qoida buzişiga qaramay davlat taşkiloti xodimini barçaning içida sökib haqoratlaş esa heç qaysi qolibga töğri kelmaydi. Kelajakda bunday holatlarga barham beriş va qonun ustuvorligini ta'minlaş maqsadida tegişli mutasaddi taşkilotlar bu kabi qoidabuzarliklar bilan öz vaqtida şuğullanadi, deb umid qilib qolamiz.