Urganç şahridan oqib ötuvçi Şovot kanalidan 9 sentabr kuni ertalab bir ayol va bir çaqaloqning murdalari topilgan. Boş prokuratura matbuot xizmati ma'lum qilişiça, ayol 1988 yilda tuğilgan, Urganç tumanidagi Şohidonlar mahallasida yaşovçi X., çaqaloq esa uning 2018 yilda tuğilgan qizaloği N. bölib çiqqan.
X. eri M. va qaynonasi Z.ning tikuvçilik qiliş uçun şaroit yaratib bermaganligidan va 1 sentabr kuni eri uni ota-onasining uyiga olib bormaganligidan xafa bölib, heç kim bilan gaplaşmay, 8 sentabr kuni soat 15:00 atrofida qizini qöliga olib, uydan çiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganç tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («qasddan odam öldiriş») 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















