Joriy yilning 16 aprel kuni soat 23:20larda Xorazm viloyati, Şovot tumani, Paxtakor mahallasi hududidan ötgan 4R159 avtomobil yölining 33-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1987 y.t. S.Q. “Neksiya” rusumli transport vositasini boşqarib ketayotib, belgilangan oraliq masofani saqlamasdan, şu yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovçi, 1970 y.t. F.R. boşqaruvida bölgan “MTZ-80” rusumli traktor tirkamasining orqasiga kelib urilib, YTH sodir qilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasining yölovçisi, 1986 y.t. L.X. olgan tan jarohatlari bilan YTH joyida vafot etgan. Uşbu transport vositasi haydovçisi S.Q. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan. 

“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, karantin vaqtida zaruratsiz köçaga çiqmasligingizni, zarurat bilan çiqqan vaqtingizda ham “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi xabarda.