Turkmaniston bilan avtomobil transportida xalqaro yuk taşuvlarini amalga oşiriş uçun "Xöjayli" va "Şovot" çegara ötkaziş punktlarida kontaksiz yuk taşuvlari yölga qöyiladi.
Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, bu bilan, bugungi kunda xalqaro yuk taşuvlari uçun faoliyat yuritayotgan "Olot" çegara ötkaziş punktiga qöşimça ravişda yana 2ta çegara ötkaziş punkti faoliyati qayta tiklanadi.
Joriy yilning 18 noyabr kuni transport va logistika masalalari böyiça özbek turkman işçi guruhining uçraşuvi bölib ötgan edi. Videokonferensiya aloqa şaklida bölib ötgan mazkur uçraşuv davomida kelişilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida 25 noyabr kuni “Xöjayli – Kunya-Urganç” hamda “Şovot – Toşhovuz” çegara ötkaziş punktlari iş faoliyati xalqaro yuk taşişlar uçun neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaksiz almaşiş yöli orqali taşkil etiş böyiça sinov ötkazildi.
Mazkur çegara ötkaziş punktlari koronavirus pandemiyasi sabab amaliyotga joriy etilgan çeklov çoralari natijasida 2020 yilda yopilgan edi.
Hozirda Transport vazirligi, Davlat bojxona qömitasi hamda DXX çegara qöşinlari “Xöjayli – Kunya-Urganç”, “Şovot – Toşhovuz” ötkaziş punktlari iş faoliyatini joriy yil 25 noyabrdan sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga qat'iy rioya etgan holda neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaksiz almaşiş yöli bilan qayta tiklaş yuzasidan Turkmanistonning tegişli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirmoqda.
















