Xorazm viloyati Şovot tumani bandlikka kömaklaşiş markazi direktori lavozimida işlab kelgan A.B. qinğir işga qöl urdi.
Postda.uz’ning yozişiça, u markazga iş sörab kelgan şovotlik K.J.dan 300 AQŞ dollari berişni talab qildi. Respublikada korrupsiyaga qarşi kuraş olib borilayotgan bir paytda bu mansabdor şaxsning oçiqdan-oçiq tamagirlik qilişi fuqaroning ğaşini keltirdi. U uşbu holat yuzasidan heç ikkilanmay Xorazm viloyati IIBga murojaat qildi.
Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda A.B. fuqaro K.J.dan 300 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotgan paytida qölga olindi, deyiladi xabarda.

















