Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Fransiya elchisi bilan uchrashuv: Mirziyoyevning bo‘lajak tashrifi muhokama qilindi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga bo‘lajak rasmiy tashrifiga hamda turli darajadagi va shakldagi boshqa O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rishga oid masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev prezident Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Makron O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini ijobiy baholadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun respublika rahbariga minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid
22:41 / 02.03.2026
Ozod bo‘lish uchun qo‘rquv uyg‘otishimiz kerak – Makron Fransiya yadroviy strategiyasi o‘zgarganini e’lon qildi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
21:42 / 27.02.2026