Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildiki, Rossiya hukumati Britaniya hukumati tomonidan Skripallar işi böyiça gumonlanayotgan Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov haqida ma'lumotlarga ega. Uning aytişiça, bu şaxslar britanlar aytganidek «Razvedka boşqarmasi xodimlari» emas, balki oddiy rossiyalik fuqarolardir.

«Biz albatta bu odamlarni kuzatdik va ularni topib, kimligini aniqladik. Bu yerda heç qanday jinoiy iş yöq, sizlarni işontirib aytaman, ular oddiy fuqarolar», degan Putin Vladivostokda ötkazilayotgan Şarqiy iqtisodiy forum vaqtida.

Putin Petrov va Boşirovga OAV orqali çiqiş qilib, barçasini aytib berişni taklif qilgan.

«Umid qilamanki, ularning özi qaçondir paydo böladi va OAV orqali özlari haqida bor haqiqatni aytib berişadi», degan u.

Ötgan haftada, 5 sentabr kuni Buyuk Britaniya hukumati Sergey va Yuliya Skripalning zaharlanişida mamlakatga Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov nomlari bilan kelgan «Razvedka Boşqarmasi xodimlari»ni ayblab çiqqandi. 

AQŞ, Fransiya, Germaniya va Kanada Skripallar işi böyiça bu ayblovni qöllab-quvvatlagan.

«Skripal işi»da rossiyalik josuslar ayblanmoqda. Britaniya politsiyasi ular qanday harakatlanganini aytib berdi