Sönggi yillarda özbekistonlik yoşlar orasida Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida ta’lim oliş körsatkiçi ortib bormoqda.

Bu yoşlarning kelajakka katta rejalar bilan qarayotgani, bilim olişga bölgan intilişlari natijasi hisoblanadi.

Öz navbatida dunyo miqyosida nufuzli hisoblangan oliygohlarda olingan bilim va diplom uşbu yoşlarga “orzucidagi iş örinlariga” ega bölişi uçun yordam beradi.

Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes Universitetini nafaqat Britaniya balki dunyo miqyosidagi ana şunday nufuzli, millionlab yoşlar orzusidagi universitetlardan biri deyiş mumkin. Uning jahonda eng nufuzli hisoblangan 150 ta oliy ta’lim muassasalari reytingida ekanligi ham universitetdagi ta’lim sifati yuqoriligidan dalolat beradi.

Endi özbekistonlik yoşlar Toşkentda turib ham Oxford Brookes Universiteti diplomiga ega bölişlari mumkin.

“International school of Accounting” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Supreme education” NTM yoşlarga ana şundan imkoniyatni beradi.

Loyiha haqida qisqaça

ACCA (The Association of Chartered Certified Accountans) - moliya, buxgalteriya hisobi va audit böyiça mutaxassislarga xalqaro sertifikat beradigan assotsiatsiya hisoblanadi. U dunyoning 181 mamlakatida 188 000dan ortiq a’zo va 480 000dan ortiq talabalarni birlaştirgan. 

Dunyoning 100dan ortiq idora va markazlari, şuningdek, 8,5 ming akkredatsiyalangan iş beruvçilar ACCA a’zolari va talabalari uçun yuqori malakali ta’lim oliş hamda malaka oşirişni ta’minlaydilar.

ACCA umumiy 14ta sertifikatdan iborat bölib, 9ta sertifikatiga ega bölgan talaba 9500 sözdan iborat dissertatsiya yozib Oxford Brookes universitetining “Buxgalteriya hisobi va biznes yönalişi” böyiça bakalavr diplomiga ega bölişi mumkin.

E’tiborga molik tomoni şundaki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tartibi töğrisidagi nizomga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisidagi qaroriga muvofiq, Oxford Brookes universiteti tomonidan berilgan diplom töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalaş amalga oşiriladi.