Moliya vazirligi uçun hozirgi neftning bir barreli uçun 78 dollarlik narxda valyutani xarid qiliş yöqqa çiqayotgan şaroitda rublning muvozanatli kursi 50 rubl. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin Şarqiy iqtisodiy forum doirasida ma'lum qildi, deb yozmoqda RBK.

Uning bildirişiça, 63-64 rubllik kurs böyiça örta va uzoq muddatli prognoz körsatkiçlari özgartirişiga heç qanday sabablarni körmayapti. «Tölov balansi bizda kuçli, byudjyet balansi - YaIMning taxminan bir foizi darajasida profitsit, taşqi qarz - mötadil», - dedi Oreşkin. Uning fikriça, global inqiroz qator rivojlanayotgan davlatlarni qamrab olganiga qaramasdan, Rossiyada yetarliça zaxira bor.

Iqtisodiy rivojlaniş vazirining sözlariga köra. rublning zaiflaşuvi Rossiyadan kapitalning qisqa muddatli çiqib ketişiga boğliqdir. Oreşkinning bildirişiça, çiqib ketiş bilan boğliq holat töxtasa, trend ham özgaradi. «Agar keçagi kunga qaralsa [11 sentabr], rubl jiddiy mustahkamlana boşladi, bu valyutaning global bozorlarida barqaror holatda ekani bilan birga keçmoqda», - deya ta'kidlab ötdi vazir.

Öz navbatida, Rossiya prezidenti yordamçisi Sergey Glazev Şarqiy iqtisodiy forumda ma'lum qilişiça, rublning pasayişiga olib kelgan asosiy omil Markaziy bank tomonidan kurs barqarorligini ta'minlaş böyiça «özining konstitutsiyaviy majburiyatlarini» bajarmaganidadir. «Valyuta zaxiralari pul bazasi hajmidan köra köproq bölgan bir holatda, ular kursning şakllanişini rublni atayin tebratuvçi, makroiqtisodiy vaziyat beqarorlaşuvidan gigant daromadlar oluvçi moliyaviy olib-sotarlarga berib yubordi», - deya ta'kidlab ötdi u.

Sergey Glazev
Foto: Donat Sorokin / TASS

10 sentabr, duşanba kuni Moskva fond birjasida yevroning kursi 81 rubldan oşdi, dollar kursi 70 rubldan kötarildi. Rossiya milliy valyutasi 2016 yil mart oyidagi rekordlarini yangiladi. Biroq, keyingi kun rubl biroz mustahkamlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi 2018 yilda mamlakatdan çiqib ketadigan mablağlar oqimi böyiça prognozni ikki baravarga oşirgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablağlar