Britaniya politsiyasi tomonidan Rossiya razvedka boşqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripalni zaharlaşda gumondor sifatida körsatilgan Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov Russia Today telekanali orqali çiqiş qilişdi. Oldinroq xabar qilinganidek, telekanal rahbari Margarita Simonyan gumonlanuvçilar bilan suhbatlaşgan.

«Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov - bu bizning haqiqiy ismlarimiz (Britaniya politsiyasi bu gumondorlarning haqiqiy ismi emasligini, ular soxta pasport bilan Britaniyaga kelişganini ta'kidlagandi - tahr.). Londonga öz işlarimiz bilan borganmiz. Solsberida Old Sarum, Stounhenj kabi diqqatga sazovor yerlarni tomoşa qildik. 3 mart kuni böron kötarildi va biz şaharni aylana olmadik. 4 mart kuni esa baribir u yerlarni borib körişga qaror qildik (Britaniya politsiyasi gumondorlar Solsberiga ikki marta borişganini aytgandi. Inglizlarning fikriça, Petrov va Boşirov 3 mart kuni avvaliga vaziyatni örganiş uçun safar qilişgan. 4 mart kuni esa yana Skripalning uyiga borib, uy eşigi dastagiga «Noviçok» moddasini surtib qöyişgan).

Oldin Skripal kim ekani haqida umuman eşitmagandik. Bizning yonimizda «Nina Ricc» nomli duxi borligi safsata (Britaniya politsiyasining ma'lum qilişiça, «Noviçok» aynan «Nina Ricc» nomli ayollar atiri idişiga solingan bölgan). Erkak odam özi bilan ayollar duxisini olib yuradimi? Bu ğalati emasmi?

Bizning şaxsiy hayotimizga aralaşmanglar. Biz sizning oldingizga himoya sörab kelgandik, lekin siz bizni söroqqa çaqirgan körinasiz. Biz razvedka boşqarmasida işlamaymiz. Biz tadbirkorlarmiz. Fitnes industriyasi bilan şuğullanamiz.

Britaniyaliklar köp narsani gapirişadi. Biz aeroportda doim bitta yölakdan yurganmiz. Biz Skripalni kim öldirganini bilmaymiz, lekin agar haqiqiy jinoyatçilar topilsa, inglizlar bizdan keçirim söraşini va bizni tinç qöyişlarini xohlaymiz»,- deyişdi ayblanuvçilar 25 daqiqalik suhbat davomida.

«Biz ularni topdik va kimligini aniqladik». Putin Skripallarga suiqasdda gumonlanayotganlar haqida gapirdi