Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, turk lirasining dollarga nisbatan kursi keskin pasayişi Turkiyaning «iqtisodiy öldirişga uriniş» harakatidir. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, mamlakatdagi vaziyat AQŞning bayonotidan keyin murakkablaşdi, ulardan söng Turkiya «razil iqtisodiy hujum»ga duç keldi. Erdöğanning ta'kidlaşiça, 15 yil davomida mamlakatda inflyatsiya darajasi Markaziy bank qöygan maqsadlarga heç qaçon mos kelmagan, ammo Turkiya bazaviy foiz stavkasi oşganidan keyin tartibga soluvçi idoraning «mustaqil ekani natijalarini» köradi. Turkiya yetakçisi foiz stavkalari bilan boğliq vaziyatni izohlar ekan: «sabr-toqatim öz çegaralariga ega», deya ta'kidlab ötdi.

Erdöğan lira kursi qulaşini «Turkiyaga qarşi taşqi kuçlar amaliyoti» bilan boğlab, 2017 yil örtalarida AQŞ bilan boşlangan diplomatik mojaroni nazarda tutgan. Avgust oyida Anqara va Vaşington örtasidagi munosabatlar, Qöşma Ştatlar Turkiya içki işlar va adliya vazirlariga qarşi sanksiyalar qöllaganidan söng keskinlaşdi. AQŞ Turkiyada terrorçi deb hisoblanuvçi Fathulloh Gulenga aloqadorlik va josuslikda gumonlanib qölga olingan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod etişni talab qilmoqda, turk hukumatini buni rad etyapti. 

Ammo, J.P. Morgan Asset Management tahlilçilari Anqaraning iqtisodiy muammolarini tuzilmaviy va geosiyosiy qator muammolar bilan boğladi. Ularga köra, Turkiya taşqi savdo kamomadini boşdan keçirmoqda. Şu bilan birga, Turkiya hukumati qarzlarining qariyb 40 foizi AQŞ dollaridadir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan AQŞga borişga tayyorgarlik körayotgani xabar berilgandi.