Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida respublikamizdagi barça köp kvartirali uylarni foydalaniş xarajatlari uçun tölovlar hisobini yuritişning integratsiyalaştirilgan tizimi – www.oboduy.uz köp kvartirali uyda yaşovçining elektron kartasiga ulaş rejalaştirilgan loyiha muhokama qilinmoqda.
 
Norma’ning yozişiça, www.oboduy.uz sayti – uy-joy mulkdorlariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

• XUMŞ xizmatlari uçun onlayn rejimda haq tölaş;
• tölov stavkalari, joriy balans va sçyot töldirilganligi haqida axborot oliş;
• XUMŞ töğrisida axborot oliş;
• uy böyiça axborot oliş;
• bajarilgan işlar haqida XUMŞdan yangiliklar oliş;
• XUMŞga murojaat qiliş.
 
Poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanida pilot tariqasida joriy etilib, muvaffaqiyatli amalga oşirildi deya topildi.
 
Tajriba butun respublikada tatbiq etilganda xususiy operator – Hisobga oliş tizimi doirasida xizmatlarni joriy etuvçi, xizmat körsatuvçi va taqdim etuvçi investorni tanlov asosida belgilaş rejalaştirilmoqda. Tizim operatoriga iş boşlagan paytida «Özsanoatqurilişbank» ATB tomonidan kömak beriladi – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 3 yil muddatga kredit ajratiladi.    
 
Majburiy badallar har gal tölanganda quyidagilar tölanişini belgilaş rejalaştirilmoqda:

• foydalaniş xarajatlari uçun tölovlar hisobini yuritiş tizimi operatoriga – tölovning 2%i miqdorida vositaçilik haqi;
• tijorat banklarining tölov tizimlariga – tölovning 0,1%i miqdorida vositaçilik haqi.
 
Foizlar tölov amalga oşirilayotgan paytda uşlab qolinadi. 
 
Loyiha rad etilişi, özgartirilişi yoki unga qöşimça kiritilişi mumkin.