Hyundai markasi vodorod yonilği elementlariga ega elektr dvigatelda harakatlanuvçi yuk maşinasining ilk suratini namoyiş qildi. Uşbu modelni Yevropada 2019 yilda sotuvga çiqariş rejalaştirilmoqda.
Janubiy Koreyaning avtomobilsozlik kompaniyasi ekologik yuk maşinasini yaratiş haqidagi rejalari bilan Gannoverdagi xalqaro tijorat transporti körgazmasida örtoqlaşdi. Kompaniya vakili 2019 yilda maşinaning barça texnik körsatkiçlari oşkor qilinişiga va'da berdi.
Hozirça esa yangi maşina Hyundai tijorat transporti qatorining boşqa “vakillari”dan farq qilişigina ma'lum. Jumladan, yuk maşinasi radiatoridagi surat vodorodni ifodalaydi, aerodinamik samaradorlikka esa maşina tomidagi spoyler hamda kabina va yarimtirkama örtasidagi detallar javob beradi.
Hyundai modellari orasida vodorodda harakatlanuvçi avtomobillar mavjud, bular: iX35 Fuel Cell va NEXO krossoverlari. NEXO yanvardagi CES körgazmasida debyut qilgan. Yöltanlamas 120 kilovattli (163 ot kuçi) elektromotor bilan jihozlangan. Motor vodorod yonilği elementlari blokidan quvvatlanadi. Maşinada bir quvvatlanişda 590 km yöl bosib ötiş mumkin.

















