Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi UFC chempionati kamari uchun jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani tasvirlangan rolikni e'lon qildi.
Makgregor instagramdagi o‘z sahifasida mashg‘ulotlardan videoni e'lon qildi va jangga o‘zining tayyorgarligi dasturini qisman ko‘rsatdi. Videoda irlandiyalik parterda, qo‘lda va sparringlarda ishlayotgani tasvirlangan.














